Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {tan}
So‘z bo‘g‘inlari: tan
Izoh(lar)i:
tan

1. Odam gavdasining ko‘krak qafasi va qorin bo‘shlig‘idan iborat qismi: tana. Bir kuni uning boshini tanidan judo qilsalar ajab emas Mirmuhsin, Me’mor
Kishi tanidagi a’zolarning ham qulog‘i bor: o‘zining bardamligini eshitgan a’zolar yana sog‘ turib, xizmatni bajaraveradi. Mirmuhsin, Me’mor

2. Kishining butun borligi, vujud. Sog‘ tanda sog‘ aql. Maqol
Tani sog‘liq — tuman boylik. Maqol
— Xudoyo tavba deng, jon boshqa, tan boshqa, — dedi domla. P. Tursun, O‘qituvchi
Anorgulning qo‘lidagi dutor O‘rtoqlar kuyini tanlarga larza berib tarona qildi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Axir tut faqat qorin to‘ydiradigan taom bo‘lmasdan, kishi taniga dori-darmon hamdir. N. Safarov, Olovli izla

3. Tana, vujudning sirt qismi; badan. Gard yuqmasin taningga, Loy tegmasin bag‘ringga. Q. Muhammadiy
Bu gapni eshitib, Elmurodning tani jimirlab ketdi. P. Tursun, O‘qituvchi
Yigit uning oq marmardek yalang‘och taniga boqmay, yerga qaradi. Mirmuhsin, Yo‘qolgan javohir

4. O‘lik tana; jasad. Soldat tani, qo‘shni vzvoddan shekilli. Snayperning o‘qi kallasiga tegibdi, qora qonga bo‘yalib yotibdi sho‘rlik. T. Rustamov, Mangu jasorat
Mazlumlarning tanidan Kurgan saroylar G‘amda o‘tdi xalq umri Ko‘p yillar, oylar. G‘ayratiy

5. Shaxs bildiruvchi so‘zlar yoki egalik shaklidagi so‘z bilan qo‘llanib, tegishlilik, ulush kabi ma’nolarni bildiradi. Har kim o‘z tanini oldi. Xarajatning yarmi mening tanim. Men ham to‘rtdan bir tan. P. Qodirov, Qadrim

6. Dastlabki baho, tannarx; dastlabki mablag‘, sarmoya. Tanidan yuz so‘m kamiga sotmoq. Yeb-ichib, tanini qilmoq. A. Qahhor, Sarob

7. Tomon, yon. Kim zo‘r bo‘lsa, jazosini beraman, Kambag‘al Nazarning tani bo‘laman. F. Yo‘ldosh, Mamatkarim polvon

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: hissa [a]

1. tan I Ot
(savdogarlar, sudxo‘rlar nutqida ishlatiladi). Foyda topish uchun oborotga ajratilgan, qarzga berilgan birlamchi pul summasi

2. tan II Ot
tana, gavda

Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. ahvoli tang: -

2. aqlini tanidi: es-hushli bo‘ldi

3. aqlini tanimoq: -

4. aqlni tanimoq: -

5. aql-u hushini tanimoq: -

6. aql-u hushni tanimoq: -

7. bag‘ri o‘rtanmoq: -

8. bir jon-bir tan bo‘ldi: hamjihat bo‘ldi, yakdil bo‘ldi

9. bir jon-bir tan bo‘lmoq: -

10. bir tan bo‘lmoq: -

11. bir tan-bir jon bo‘lmoq: -

12. bor otangga, bor onangga: -

13. devorga tanbur chertganday: -

14. dunyoni tanigandan beri: -

15. es-hushini tanimoq: -

16. es-hushni tanimoq: -

17. esini tanidi: go‘daklik davridan chiqib, ongli hayot yo‘liga kirdi

18. esini tanimoq : -

19. esini tanimoq: -

20. esni tanimoq: -

21. haqini tanimoq: -

22. haqini tanitmoq: -

23. haqni tanimoq: -

24. haqni tanitmoq: -

25. ho‘kizning qulog‘iga tanbur chertmoq: -

26. kattani aka, kichikni uka demoq: -

27. kattani aka, kichikni uka demoq: -

28. maqtanganicha bor: -

29. o‘tsiz o‘rtanmoq: -

30. o‘zga tan: -

31. o‘ziga tan: -

32. odam tanimoq: -

33. odamni tanimoq: -

34. og‘iz tanobi qochmoq: -

35. og‘izning tanobi qochmoq: -

36. og‘zining tanobi qochdi: behad sevindi, xursandligi tufayli lab-lunjini yig‘ishtirib ololmaydi

37. og‘zining tanobi qochmoq: -

38. og‘zining tanobini tortmoq: -

39. oq-qorani tanidi: yaxshi-yomonni, foyda-zararni bildi

40. oq-qorani tanimoq: -

41. oqqorasini tanimoq: -

42. oq-qorasini tanimoq: -

43. oq-u qorani tanimoq: -

44. otang kim oshqovoq, onang kim nosqovoq: -

45. otang temirchi o‘tganmi?!: -

46. otang temirchi o‘tmagan edi-ku?!: -

47. otang yaxshi, onang yaxshi deb: -

48. otangga rahmat: -

49. otani ham ayamaslik: -

50. otani ham tanimaslik: -

51. otaning molini ko‘rsatib qo‘ymoq: -

52. otaning molini ko‘rsatib qo‘ymoq: -

53. otasini ham tanimaslik: -

54. qonina tanuqluq bermoq: -

55. qulog‘iga tanbur chertganday: -

56. qulog‘iga tanbur chertmoq: -

57. quloqqa tanbur chertmoq: -

58. sichqon ini ming tanga bo‘lib ketmoq: -

59. sichqon ini ming tanga bo‘lmoq: -

60. sichqonning ini ming tanga bo‘ldi: qochib qutulgani joy topilmay qoldi

61. tan berdi: e’tirof qilishga majbur bo‘ldi, rozi bo‘ldi

62. tan bermoq: -

63. tan oldi: e’tirof qildi

64. tan olinmoq: -

65. tan olmoq: -

66. tana qo‘ymoq: -

67. tanaga o‘ylab qaramoq: -

68. tanaga qo‘ymoq: -

69. tanasi o‘ylab qaramoq: -

70. tanbeh berdi: yengil-yelpi jazoladi, urishib qo‘ydi

71. tanbeh bermoq: -

72. tanbehini berdirmoq: -

73. tanbehni berdirmoq: -

74. tang qoldirmoq: -

75. tang qotmoq: -

76. tanglayini taqillatmoq: -

77. tangriga tavakkal qilmoq: -

78. tangrini ko‘tarib qo‘ymoq: -

79. tanim borincha: -

80. tanimda jon borincha: -

81. taningizni bag‘ishlamoq: -

82. tanlab-tanlab, tozga uchramoq: -

83. tanlab-tanlab, tozisiga uchramoq: -

84. tanob tortilmoq: -

85. tanobi tortilmoq: -

86. tanobini kesmoq: -

87. tanobini tortmoq: -

88. tanobni kesmoq: -

89. tanobni tortmoq: -

90. taqdirga tan bermoq: -

91. tutantiriq ham bo‘lmaydi: Juda oz, kifoya qilmaydi, urvoq ham bo‘lmaydi

92. uyqu tang qilmoq: -

93. vatan etmoq: -

94. vatan tutmoq: Biron hudud yoki joyni yashash joyi (vatan) qilib olmoq

95. vatani yo‘q: -

1. Birdan-bir – yagona – yakkayu-yagona – yolg‘iz – tanho
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli ifodalash darajasiga ko‘ra)

2. Buzoq – tana – g‘unajin – sigir
Ma’nosiga ko‘ra
(yosh darajasiga ko‘ra)

3. Dangasa – yalqov – ishyoqmas – tanbal – soyaparvar
Bo‘yog‘iga ko‘ra
( belgining bo‘yoqdorligiga ko‘ra)

4. Eh – esiz – afsus – attang
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(ifoda belgisining kuchiga ko‘ra)

5. Eh – esiz – afsus – attang– pushaymon – nadomat – taassuf
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining ortib borishiga ko‘ra)

6. Erka – arzanda – tantiq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlikning ortib borishiga ko‘ra)

7. G‘ijimoq – kavshamoq – oshalamoq – yemoq – tanovul qilmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining keng-torligiga ko‘ra)

8. Oddiy askar – kichik serjant – serjant – katta serjant – kichik leytenant – leytenant – katta leytenant – kapitan – mayor – polkovnik – general-marshal – general-mayor – general-polkovnik – generalissimus
Ma’nosiga ko‘ra
(unvon darajasining katta-kichikligiga ko‘ra)

9. Ogohlantirmoq – tanbeh bermoq – jazolamoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(tushuncha belgisini keng-tor darajada ifodalashiga ko‘ra)

10. Olifta – fason – bashang – satang
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorligining ortib borishiga ko‘ra)

11. Saxiy – himmatli -saxovatli – hotam – tanti
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining oshib borishiga ko‘ra)

12. Tanimoq – bilmoq – anglamoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli ifodalashiga ko‘ra)

13. Yemoq – tanovul qilmoq – iste’mol qilmoq – totmoq – olmoq – tushirmoq – urmoq – xam qilmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining keng-torligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.