1. 1. Ma’lum maqsad bilan bo‘lingan, qismlarga ajratilgan narsaning har bir bo‘lagi, qismi; qism, bo‘lak.
Hosilning to‘rtdan uch hissasi.
▬
Keyin loyqa suvda baliq tutib, o‘ziga katta hissani qo‘poradi.
Oybek, Tanlangan asarlar
2. 2. Muayyan shaxs yoki narsaning haq-huquqi, imkoni; tan, chek.
Majididdin o‘z hissasiga tushgan tumanlarni sanab chiqdi.
Oybek, Navoiy
3. ayn. yn. Ulush 1.
O‘z hissasini ortig‘i bilan oldi.
▬
Ilgariga, hech bo‘lmasa, har kimga o‘z hissasi tushadi, degan umid bor edi. Endi uch xotinga bir hovuchdan yer, qolgan hammasi Zebixonga
Cho‘lpon, Kecha va kunduz
Madrasa vaqfidan kutubxonador uchun ham hissa tayin qilganlar.
S. Ayniy, Esdaliklar
4. 4. Biror narsa, umumiy ish va shu kabilarni tashkil etuvchi qism; unga qo‘shiladigan qism; ulush.
Bu ishda mening ham munosib hissam bor.
▬
Islom madaniyatini rivojlantirishga katta hissa qo‘shgan muhtaram zotlarning nomlari butun olamga mashhur.
Gazetadan
Ushbu nashrga Lutfiyning o‘zbek klassik she’riyati taraqqiyotiga zalvorli hissa bo‘lib qo‘shilgan ajoyib she’riy merosidan namunalar kiritildi.
Gazetadan
5. esk. sk. Biror tashkilot yoki to‘daga qo‘shilish, sherik bo‘lish yoki a’zo bo‘lish uchun kirish haqi sifatida to‘lanadigan haq, pay.
6. 6. Marta, barobar.
Uch hissa ortiq. Daromad o‘tgan yilgiga nisbatan ikki hissa ko‘paydi.
▬
Burnog‘i yili sanoat korxonalari ikki yarim hissa mahsulot yetkazib berdi.
Gazetadan
shunday voqealar sodir bo‘ldiki, bular dahshatli afsonadan ming hissa yomonroq bo‘lib, ularni daf qilishga so‘filarning azoni ham kor qilmay qoldi.
P. Tursun, O‘qituvchi