Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {talant}
So‘z bo‘g‘inlari: ta-lant
Izoh(lar)i:
talant

1. Yuqori darajali tug‘ma qobiliyat; iste’dod. Birovlarga suykalib emas o‘z mehnati, talanti bilan obro‘ olishi kerak. Mirmuhsin, Umid

2. Yuksak qobiliyatga, katta iste’dodga ega bo‘lgan shaxs. Abdulla Qodiriy, G‘afur G‘ulom, Abdulla Qahhor kabi tug‘ma talantlardan har qancha o‘rgansang arziydi. M. Jo‘ra, Noshirnoma

3. Yunoniston va boshqalar ayrim qadimgi davlatlarda og‘irlik va pul o‘lchovi birligi. Qadimgi Rimdagi kumush yombilar bir talant og‘irligida chiqarilgan. Fan va turmush

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: qobiliyat [a]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.