Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {qobiliyat}
So‘z bo‘g‘inlari: qo-bi-li-yat
Izoh(lar)i:
qobiliyat ot

1. 1. Bilim, ko‘nikma, malakalardan farqli o‘laroq, shaxs-ning muayyan faoliyat yuzasidan layoqati va uning ish uddalay olishidagi subyektiv shart-sharoitlarni ifodalovchi individual ruhiy va jismoniy xususiyatlari. Samandar o‘zini idora etish qobiliyatidan tamoman mahrum bo‘lgan edi. S. Karomatov, Qalbingda quyosh

2. 2. Iste’dod, talant. G‘afur G‘ulomning bu qadar hozirjavobligi, qobiliyatining siri nimada edi? Shukrullo, Javohirlar sandig‘i
Arabboy yomon o‘qigani bilan yaxshi tashkilotchi, katta mansablarga loyiq qobiliyati bor. P. Tursun, O‘qituvchi

3. 3. Umuman, layoqat, qodirlik, qudrat. Boshqarish qobiliyati. Mudofaa qobiliyati. Vodorod bizga ma’lum bo‘lgan tabiiy yoqilg‘ilar orasida rekord issiqlik berish qobiliyatiga ega. Gazetadan

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.