Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {tabiiy}
So‘z bo‘g‘inlari: ta-bi-iy
Izoh(lar)i:
tabiiy

1. Tabiatning o‘zida mavjud bo‘lgan, inson ta’siri bo‘lmagan; sun’iy. Tuz tabiiy konlardan va sho‘r suvlardan olinishi ma’lum. Fan va turmush

2. Tabiatning o‘z asl holati, qonun-qoidalari bilan bog‘liq bo‘lgan, bog‘liq holda yuz beradigan. Boburnoma ni varaqlar ekansiz, o‘rni-o‘rni bilan tabiat manzaralari chizilgan lavhalarga, tabiiy hodisalar tasviriga duch kelasiz. Fan va turmush

3. Aslida (yaratilishida) bor bo‘lgan, tug‘ma. Tabiiy holati buzilmagan tuproqning unumdorligi tuproqning tabiiy unumdorligi deb ataladi. Fan va turmush

4. Odatga, mantiqqa to‘g‘ri (keladigan), bo‘ladigan hol. Yangi yil arafasi-da har bir qalbda eng dilbar orzular oshib-toshadi, bu — tabiiy. Saodat

5. Albatta, o‘z-o‘zidan, shubhasiz, aniq. Tabiiy, Xushro‘yning fe’lini yaxshi bilgan ota-ona uning ra’yini olmasdan turib, bir ish qilmoqdan qo‘rqardilar. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

Antonim(lar)i: sun’iy [a]
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.