Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {sun’iy}
So‘z bo‘g‘inlari: sun’-iy
Izoh(lar)i:
sun’iy sf

1. 1. Biror usul bilan tabiiyga o‘xshatib yasalgan, tayyorlangan, yuzaga keltirilgan. Sun’iy kauchuk. Sun’iy tola. Sun’iy buyrak. Yerning sun’iy yo‘ldoshi. Endilikda jahondagi eng yirik stadionlardagi yugurish yo‘lkalari sun’iy to‘shamalar bilan ishlanmoqda. Fan va turmush
Kotibaning ko‘kka bo‘yalgan qovoqlari, har biri tikanday ajralib turgan sun’iy kipriklari pirpiradi. S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi

2. 2. Tabiiy bo‘lmagan yo‘l bilan amalga oshiriladigan; notabiiy. Sun’iy yoritish. Sun’iy sug‘orish. Uni darhol deraza yoniga yaqinroq keltirishib, sun’iy nafas oldirishdi. Yoshlik
Sun’iy ishlov berilgan, ayollar ziynati hisoblangan olmos brilliant deb ataladi. Fan va turmush

3. ko‘chma hma Yasama, soxta, yolg‘ondakam; nosamimiy. Sun’iy tabassum. Sun’iy xotirjamlik. Kuyov oldin manzirat qilib ko‘rdi. Lekin so‘zlari ancha sun’iy chiqayotganini o‘zi ham sezdi shekilli, minnatdorchilik bildirib qo‘ya qoldi. S. Anorboyev, Oqsoy
Ochil o‘zini vazmin tutib, tabiiy muomala qilgan sari, Zamira o‘ng‘aysizlanar, sun’iy ravishda bosiq bo‘lishga urinardi. P. Qodirov, Uch ildiz

Antonim(lar)i: chin , tabiiy
Sinonim(lar)i: qalbaki [a+f-t]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.

Sun’iy til – ma’lum bir kishilar tomonidan yaratilgan til. Qadim zamondan xalqaro tilga talab sun’iy til yaratishga ham sabab bo‘ldi. 1880- yilda Germaniyada I.M.Shleyer tomonidan «volyapuk» degan til loyihasi e’lon qilindi. 1887- yilda esa polshalik vrach-poliglot Zamengof «esperanto» tilini yaratdi va u ko‘pchilikka ma’qul bo‘ldi, tez orada turli mamlakatga tarqaldi. Hatto badiiy asarlar yozildi yoki bu tilga tarjima qilindi. Ayni paytda esperanto tilida gazeta-jurnal chop etilib, radioeshittirishlar uzatiladi, xalqaro tashkilotlar ish yuritadi.

Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.