1. 1. Oqish va o‘zi ishg‘ol qilib turgan idish shaklini olish xususiyatiga ega bo‘lgan.
Suyuq jism. Suyuq modda, Suyuq yoqilg‘i. Suyuq shisha.
▬
Kimyoviy faol, qattiq, suyuq va gazsimon moddalar bilan reaksiyaga kirishadi.
O‘zME
2. 2. Suvi me’yoridan ortiq yoki nisbatan ko‘p bo‘lgan; sersuv.
Ya na bir ketmon urganda, ajriqzordan bilqillab suyuq loy chiqdi-da, keyin kuchli tiniq suv tikka otildi.
I. Rahim, Chin muhabbat
3. 3. Maza, kuch beruvchi tarkibiy qismi me’yoridan kam yoki nisbatan oz bo‘lgan; kuchsiz.
Suyuq sut. Suyuq qatiq. Suyuq eritma.
▬
Haydarboyning ko‘rimsiz choynaklaridagi quyuq va suyuq choylari bu yerdagi juda ko‘p odamlarning ham, o‘tgan-ketgan yo‘lovchilarning ham chanqovini bosib turadi.
P. Tursun, O‘qituvchi
4. 4. Unchalik qalin, zich bo‘lmagan, hakkam-dukkam, siyrak.
Suyuq tutun.
▬
Oftob hali qor tashlagan suyuq, oqish bulutlar ortidan chiqmagan bo‘lsa ham, tushga borib, hamma yoq ilib ketdi.
P. Qodirov, Uch ildiz
5. ko‘chma hma Mazmunan sayoz, siyqa yoki bemaza.
Suyuq gap. Suyuq asar.
▬
— Postanovkang yog‘i olingan sutga o‘xshaydi, suyuq, — deb tanqid qildim.
S. Abduqahhor, Sanamay sakkiz dema
6. ko‘chma hma Fahsh yo‘liga kirgan; buzuq.
Suyuq erkak.
▬
[Umar] Ko‘p yurdi, ko‘p topdi, topganini sovurdi. Albatta, u pullar suyuq ayollar yo‘liga ketdi.
Sh. Xolmirzayev, Bodom qishda gulladi