Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {quyuq}
So‘z bo‘g‘inlari: qu-yuq
Izoh(lar)i:
quyuq sf

1. 1. Suyuq qismi, suvi nisbatan oz bo‘lgan; quyulgan holatli. Quyuq qorishma. Quyuq qiyom. Qilich chopgan chekkadan Quyuq kon sirtga otar. G‘, G‘ulom

2. 2. Tarkibidagi asosiy modda nisbatan ko‘p. Quyuq choy. Quyuq sut. Quyuq qaymoq.

3. 3. To‘q; to‘qqa moyil (rang-tus haqida). Begimxon g‘o‘zadan boshini ko‘tarib, kuyuk o‘smali qoshlarini chimirib, bobillab berdi. I. Rahim, Chin muhabbat
Elmurodning yuziga quyuq qizillik yugurdi. P. Tursun, O‘qituvchi
Chaylaning tepasida Temirqoziq yulduzi quyuq ko‘kka bo‘yalgan chiroyli kapalakday qanot qoqardi. S. Anorboyev, Oqsoy

4. 4. Bir-biriga yaqin joylashgan; qalin, zich. Quyuq qamishzor. Quyuq soya. Barglari Quyuq qayrag‘och. Quyuq qora qosh. Maynaning kuyuk kipriklari ostidagi o‘tkir qora ko‘zlari navkarni elitib qo‘ygan edi. Sh. Toshmatov, Erk qushi
Yuz qadamcha nariga sarg‘aygan quyuq o‘t ustiga yotqizdi. Oybek, Quyosh qoraymas

5. ko‘chma hma To‘kin-sochin, mo‘l, serob. Quyuq dasturxon. Quyuq ziyofat. Quyuq mehmon qilmoq. [Afandi] Sovg‘ani xonga manzur qilib, kuyuk in’om olib, o‘rdadan chiqib ketdi. Latifalar
Kampir kuyovini hamisha shundoq quyuq kutar ekanmi, ketidan dimlangan jo‘ja, osh keldi. S. Nurov, Narvon

6. 6. Ko‘p miqdorda bir yerga to‘planib, zichlashib, qalin qatlam hosil qilgan, zich, qalin holatli. Quyuq tuman. Kuyuk tutun. Uy ichini kuyuk qorong‘ilik bosdi. Tashqarida shamol g‘uvullaydi. Oybek, Tanlangan asarlar
Ular kechki quyoshning quyuq yog‘dusi ostida jimirlagan qishloqqa kirib kelishar edi. P. Tursun, O‘qituvchi

7. 7. Mazmun, mohiyat jihatidan to‘la darajali (o‘zaro muomala, munosabatdagi xatti-harakat, holat haqida). Quyuq suhbat. Quyuq salom-alik. Dadamat aka Ahmadni eshikkacha kuzatib chiqdi. Quyuq xayrlashdi. F. Musajonov, Himmat
Uydan kelgan xat-da ham kuyuk duoyi salom. Shuhrat, Shinelli yillar. Va’dani kuyuk qilib, ba’zi qassoblardan bir necha dinor qarzga ham ilindi. Oybek, Navoiy

8. ko‘chma hma Mazmun, diqqat-e’tibor va shu kabilar jihatdan ahamiyatli bo‘lgan. U [Hoshimjon] keyingi so‘zga chiqqanlar, albatta, mening tarafimni oladi, deb o‘ylagan edi. Yo‘q, gapning quyug‘i keyin chiqdi. S. Ahmad, Qadrdon dalalar
A. Qahhor ortiqcha so‘z va iboralar ishlatmaslikka, asar tilini quyuq, ma’noli qilishga intilgan. O‘TA

Antonim(lar)i: suyuq
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Qalin – quyuq – zich
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanishining oz-ko‘pligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.