1. 1. Rassom tomonidan chizilgan tasvir, rasm.
Surat solmoq.
▬
Tungi bog‘lar suratga o‘xshar, Har bir chiziq aniq va qora. Kunduzi u men kabi yashar, Tunda — qotib qolgan xotira.
X. Davron, Bolalikning ovozi
Shoirlar surati turibdi qator, Mana bu — Lermontov, mana bu — Furqat.
A. Oripov, Yillar armoni
2. 2. Bosma tasvir, kitob, jurnal va shu kabilarda bosilgan rasm, illyustratsiya.
Suratlar bilan bezatilgan kitob.
▬
Abdurasul o‘qishni bilmasa ham, kitoblarni ishtiyoq bilan varaqlay boshladi va ba’zi bir suratlarga tikildi.
P. Tursun, O‘qituvchi
3. 3. Fotografik tasvir, fotorasm.
Surat oldirmoq. Suratga olmoq. Suratga tushmoq.
▬
Jamolzoda Gulginaga qarab turdi-da, ichki zavq ila Botirga dedi: — Qara, Botir, Gulginaxonim ohu ila so‘zlashyapti Taassufki, fotoapparatimiz yo‘q, suratga olsak bo‘lardi.
Yoshlik
Yonayotgan bag‘rini qanday qilib sovitsa ekan?! Hech sovitib bo‘lmaydi! Devordan Hafizaning suratini olib, burdalasinmi?
Mirmuhsin, Umid
4. 4. Tashqi qiyofa, ko‘rinish; siymo.
Uyqusiz kechalarda Surating ko‘z oldimda.
Mirtemir, Asarlar
Muqbil bir qalandar suratiga kirib, safarga chiqibdi.
Ertaklar
5. (o‘rin-payt kelishigi shaklida) da) Qo‘shma ravish tarkibida keladi.
Shoshilinch suratda. Rasmiy suratda. Muntazam suratda.
6. mat. at. Oddiy kasrda chiziq ustidagi son.
Surat va maxraj.