Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {rasm}
So‘z bo‘g‘inlari: rasm
Izoh(lar)i:
rasm ot

1. Qo‘lda chizilgan, bosma yoki fotografik tasvir, surat. Rasmlar bilan bezatilgan kitob. Rasm darsi. Rasm olmoq. Rasm solmoq. [Qo‘ziboyning] Ishlagan rasmlaridan bitta-yarimtasi goho devoriy gazeta redkollegiyasiga ma’qul tushib qoladi. H. Nazir, So‘nmas chaqmoqlar
O‘smani uzib qo‘ydim, So‘lisa qo‘yaman deb, Rasmingizni so‘radim, Sog‘insam ko‘raman deb. S. Siyoyev, Yorug‘lik

2. Biror jamiyatda odat hukmiga kirgan tartib-qoida; urf, udum, taomil. Mehmon oldiga dasturxon yozish ota-bobolarimizdan qolgan rasm. Ularning rasmi shunaqami, ishqilib, avval obdan g‘azal aytishdi, keyin ichkari kirishdi. S. Siyoyev, Yorug‘lik
Yurakka eng yaqin kishisini yo‘qlash — azal odamzod rasmi. Sharq yulduzi

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: odat [a], surat [a]

1. rasm I Ot
surat

2. rasm II Ot
urf-odat, taomil

Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.