Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {sud} - lash ( Nisbat qo‘shimchalari Lug‘aviy shakl yasovchi ) - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: sud-lash-moq
Izoh(lar)i:
sud ot

1. 1. Muayyan fuqaroviy (ayrim shaxslar yoki muassasa va tashkilotlar o‘rtasidagi, shaxslar bilan muassasa va tashkilotlar o‘rtasidagi) nizolarni hal qiluvchi hamda jinoiy ishlarni ko‘rib chiquvchi — odil sudlovni amalga oshiruvchi davlat organi. Xalq sudi. Sud qarori. Sud hukmi. Sud organlari. Sudga bermoq. Sud tizimi. [Qosimjon:] O‘rtoqlar, olib boringlar bularni, adolat sudiga topshiringlar! Tegishli jazosini ko‘rsin. Hamza, Tuhmatchilar jazosi

2. 2. Shunday organ joylashgan bino, xona, joy. Sud eshigining oldida o‘tirganlarning ko‘pchiligi yoshlar. Gazetadan

3. 3. Shunday organ xodimlari yoki sudyalar hay’ati. Sud majlisi. Sudning savoliga javoban Sidiqjon o‘n bir guvohning nomini aytganda, Sharofat ro‘molining uchini tish-lab, dong qotib qoldi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari

4. 4. Fuqaroviy yoki jinoiy ishning shunday organda ko‘rilishi. Sudda yutib chiqmoq. Sud muhokamasi vaqtida sudning chiqargan kar bir ajrimi darhol e’lon qilinishi kerak. O‘zME
Sud o‘n beshinchi mayda bo‘lishi kerak edi. Shu kuni Sidiqjon sudda nima deyishdan ko‘ra Sharofatga ro‘para bo‘lishni ko‘proq o‘ylab, xo‘p yasandi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari

5. esk. sk. Foyda, naf. Endi sud qilmasdir g‘am-u hasrating, Bilgin, yo‘ldosh bo‘ldi dog‘-u kulfating. Erali va Sherali

6. 2. Sudxo‘rlar tomonidan qarzga berilgan pul evaziga olinadigan foiz.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: foyda [a]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: sut Emizikli ona ko‘kragidan yoki emizuvchi hayvon emchagidan chiqadigan oq suyuqlik.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.