Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {foyda}
So‘z bo‘g‘inlari: foy-da
Izoh(lar)i:
foyda ot

1. 1. Biror kimsa yoki narsa uchun bo‘ladigan naf, manfaat; ijobiy natija. Yolg‘on aytib, foyda ko‘rsang, oxiri zarar toparsan. Maqol
Siringizni mendan yashirmang, balkim foydam tegib qolar. K. Yashin, Hamza
Navoiy el foydasi va davlat manfaati uchun bo‘lgan bu vazifaga, o‘z odati bo‘yicha e’tiroz qiladi. Oybek, Navoiy

2. 2. Qilingan xarj bilan olingan daromad o‘rtasidagi farqsan tashkil topgan summa, mablag‘; daromad. Qamishkapaliklar Zokirxo‘ja qassob to‘g‘risida gap borsa, har bir so‘yilgan qo‘ydan ikki hissa foyda ko‘rmasa, o‘zini changakka osadi, deb ta’riflar edilar. P. Tursun, O‘qituvchi
Menimcha, tijorat paydo bo‘lgan zamondan boshlab bunday mo‘l foydani hech kim ko‘rgan emas. Oybek, Tanlangan asarlar

3. 3. Qarzga berilgan puldan foydalanganligi uchun qarzdordan kreditor oladigan qo‘shimcha pul, haq; foiz. Qarzimni uzganman, faqat foydasi qolgan. S. Abdulla, Tanlangan asarlar

Sinonim(lar)i: manfaat [a], naf [a], sud [f-t], hayon
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Abas – foydasiz – behuda
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(ko‘p yoki kam ishlatilishiga ko‘ra)

2. Foyda – naf – manfaat – sud – hayon
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanishining oz-ko‘pligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.