1. 1. Muayyan joyni, hududni muhofaza qiluvchi qurollangan qo‘riqchi, posbon.
Chegara soqchilari.
▬
Chegarada tikanli simlar, miltiqli soqchilar — qush uchib o‘tishi mushkul.
Gazetadan
Shahar atrofini o‘rab olgan paxsa devorlar ustida soqchilar-gina u yoqdan bu yoqqa yurib turar edi.
Oydin, Hikoyalar
2. 2. Qo‘riqchi, qarovchi, qorovul.
Suruv o‘z soqchilariga to‘la ishonch bilan pish-pish mudramoqda.
S. Anorboyev, Oqsoy
3. 3. Biror kimsaning xavfsizligini saqlash uchun belgilangan shaxs, shaxsiy qo‘riqchi.
[Sardor:] O‘z yerimda jonimni hovuchlab, soqchi bilan yuramanmi endi!
Sharq yulduzi
Qo‘lga tushmoqdan qo‘rqadigan tashmachiday, meni o‘ziga soqchi qilib olarmidi?
M. M. Do‘st, Lolazor
4. 4. Muhofaza, himoya qiluvchi, qo‘riqlovchi, saqlovchi, posbon.
Tinchlik soqchilari.