Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {posbon}
So‘z bo‘g‘inlari: pos-bon
Izoh(lar)i:
posbon ot

1. kt. kt. Biror kimsa yoki narsaning xavfsizligini, daxlsizligini ta’minlash uchun postda turgan kishi; qo‘riqchi, soqchi, qorovul. Biri ko‘k-da shunqor Biri chegarada yurt posboni. S. Abdulla
Shoir, tevaragi Shirim qorovul boshlik, maxsus posbonlar qo‘riqlagan hashamatli ipak chodirga kirdi. Oybek, Navoiy
Naqshinkor darvozaning ikki yonida ikki qurolli posbon shamdek qotib turardi. M. Osim, Karvon yo‘llarida

2. ko‘chma hma Muhofaza, himoya qiluvchi; saqlovchi, homiy. Salomatlik posbonlari (shifokorlar). Shirin so‘z, shirin muomala, shirin turmush — salomatlikning posboni bo‘lib xizmat qiladi. Gazetadan
Malohat — hayo yonida posbon. Gazetadan

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: soqchi
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.