Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {sop} - la - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: sop-la-moq
Izoh(lar)i:
sop ot

1. Ba’zi asboblarning qo‘l bilan ushlanadigan qismi; tutqi, dasta, band. Tesha sopi. Qoshiqning sopi. O‘g‘irning sopi. Yo‘qolgan pichoqning sopi oltin. Maqol
Oltmish yoshlardagi jikkak chol teshasining sopini belbog‘idan o‘tkazib, so‘riga keladi. S. Ahmad, Jimjitlik
— Chiqinglar, — Bek atrofga sergak quloq tutib, hech sas eshitmagach, shunday shivirladi va xanjarining sopidan yanada mahkamroq changalladi. Yoshlik
Bunday tig‘li, sopi guldor pichoqni faqat Xo‘jand ustalari yasardi. Mirmuhsin, Temur Malik

2. kam qo‘ll. ayn. Sob. Ishq dardida sop bo‘lmoq. Ishdan urilib sop bo‘lmoq. Ha, bir alami bordir-da Yo nos sop bo‘ldimikin? Xumori tutgan bo‘lsa kerak. P. Tursun, O‘qi-tuvchi

3. folk. Eng zo‘r, asl. O‘n ming uyli qo‘ng‘irot elining sop degan boyvachchalari o‘z kayf-u safosi bilan o‘tirib edi. Alpomish

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: sof – [a] Beg‘ubor, toza; asil; nuqsonsiz.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.