1. Turli asboblarning qo‘l bilan ushlanadigan qismi; sop. Pichoq dastasini qattiq qisganidan, tirnog‘i kaftiga botib ketdi. Yoshlik
2. Tutqich, tutqa, qabza. Bekning chayir qo‘li begona chamadonning dastasini ushlaganicha tinchidi. A. Muxtor, Tug‘ilish
3. Musiqa asbobining tor (ip, sim) tor-tilgan va qo‘l surib, parda bosiladigan qismi.
4. Keli (o‘g‘ir)da narsa oqlashda (tuyishda) ishlatiladigan tutqichli asbob, kelisop. U dadasining qiyin-qistovidan keyin, kelini hovliga opchiqib, zarda bilan dastani to‘qillatib, sholi oqlardi. S. Ahmad, Ufq
1. dasta I Ot sop, narsaning ushlanadigan maxsus joyi, tutqich
2. dasta II Ot tutam, bog‘lam, to‘da
1. dastasini o‘zidan chiqarmoq: sopini o‘zidan chiqarmoq q. Sop. kim nimani Yonidan mablag‘ yoki kuch sarf qilmay, boshqalar hisobiga ish bitirmoq.
1. Dasta – quchoq – bog‘ Ma’nosiga ko‘ra (hajm-ko‘lamining katta-kichikligiga ko‘ra)