Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {sop}
So‘z bo‘g‘inlari: sop
Izoh(lar)i:
sop ot

1. Ba’zi asboblarning qo‘l bilan ushlanadigan qismi; tutqi, dasta, band. Tesha sopi. Qoshiqning sopi. O‘g‘irning sopi. Yo‘qolgan pichoqning sopi oltin. Maqol
Oltmish yoshlardagi jikkak chol teshasining sopini belbog‘idan o‘tkazib, so‘riga keladi. S. Ahmad, Jimjitlik
— Chiqinglar, — Bek atrofga sergak quloq tutib, hech sas eshitmagach, shunday shivirladi va xanjarining sopidan yanada mahkamroq changalladi. Yoshlik
Bunday tig‘li, sopi guldor pichoqni faqat Xo‘jand ustalari yasardi. Mirmuhsin, Temur Malik

2. kam qo‘ll. ayn. Sob. Ishq dardida sop bo‘lmoq. Ishdan urilib sop bo‘lmoq. Ha, bir alami bordir-da Yo nos sop bo‘ldimikin? Xumori tutgan bo‘lsa kerak. P. Tursun, O‘qi-tuvchi

3. folk. Eng zo‘r, asl. O‘n ming uyli qo‘ng‘irot elining sop degan boyvachchalari o‘z kayf-u safosi bilan o‘tirib edi. Alpomish

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: band [f-t][f], dasta [f-t]

1. sop I Ot
tamom bo‘lmoq

2. sop II Ot
ushlagich, dasta

Paronimi: sof – [a] Beg‘ubor, toza; asil; nuqsonsiz.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Tamomlamoq – tugatmoq – sop qilmoq – bitirmoq – ado qilmoq – yo‘qotmoq – yo‘q qilmoq – quritmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining keng-torligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.