Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {sog‘lom}
So‘z bo‘g‘inlari: sog‘-lom
Izoh(lar)i:
sog‘lom sf

1. Dard-kasaldan xoli; sog‘. Sog‘lom odam, ▬ Zero, ona bo‘lish baxti farzandlarni sog‘lom va barkamol tarbiyalashdek mashaqqatli mehnat bilan chambarchas bog‘liq. Saodat
Sog‘lom bo‘lib doimo, Yonginamda yurgin sen. Qo‘shiqlar

2. Sog‘liqni saqlash talablariga to‘la javob beradigan; beg‘ubor, toza, sof. Sog‘lom turmush sharoitlari.

3. ko‘chma hma Zararli ta’sirdan, salbiy xislat, illat va shu kabilardan xoli; toza, pok. Sog‘lom oila. Sog‘lom ijtimoiy muhit. ▬ Mazkur yig‘ilishda mutaxassislar bugungi issiq iqlim sharoitida sog‘lom turmush tarzi, to‘g‘ri ovqatlanish va kiyinish, shuningdek, sayyohlik masalalariga alohida urg‘u berdilar. Gazetadan

4. ko‘chma hma Ruhiy jihatdan shikast yetmagan; raso. Sog‘ tanda — sog‘lom aql. Maqol
Sog‘lom aql kitobsiz yashay olmaydi. Gazetadan

5. ko‘chma hma G‘oyaviy-mafkuraviy, ma’naviy jihatdan toza, pok. Sog‘lom fikr. ▬ Jumhuriyatdagi sog‘lom ma’naviy-ruhiy vaziyatni ta’minlash borasida zo‘r mas’uliyat yuklatilganini anglab turibmiz. Gazetadan

Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.