1. ot ot Organizm me’yoriy holatini, faoliyatini buzuvchi narsa; kasallik, dard.
Sil kasali. Rak kasali. Tutqanoq kasali. Kasalga chalinmoq.
▬
[Shokir ota:] Burungi zamonlarda Ibn Sino, Luqmon Hakim o‘tgan. Ular har bir kasalga davo topgan.
Oybek, Tanlangan asarlar
Onasi o‘zining kasalini ham unutib, uning boshida parvona bo‘ldi.
O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
Yosh bo‘lganidan kasalini o‘zi sezmasa kerak. Kasali o‘qtin-o‘qtin bir ko‘rinish berib qo‘yadi.
Oybek, Tanlangan asarlar
2. sft. ft. Organizmining me’yoriy holati, faoliyati buzilgan, kasallikka yo‘liqqan; betob.
Kasal odam. Kasal mol.
▬
Xotirjam ishlasin, deb kasal onasini birovning qo‘liga tashlagim kelmadi.
S. Zunnunova, Olov
Odam organizmining kasal yoki shikastlangan a’zolarini almashtirish uchun sun’iy ehtiyot qismlar yaratish g‘oyasi yangilik emas.
Fan va turmush
3. ot ot Organizmining me’yoriy holati, faoliyati buzilgan shaxs, kasallikka yo‘liqqan shaxs; bemor.
[Shokir ota:] Ibn Sinoga kasalning joni chiqmagan bo‘lsa, bas ekan, tuzatar ekan.
Oybek, Tanlangan asarlar
Ikki qavatli maktab binosi shoshilinch suratda front yoqasidan keltirilgan yarador, kasallar uchun bo‘shatilmoqda.
R. Fayziy, Sen yetim emassan
4. ot ko‘chma hma Narsa yoki uning qismidagi nosog‘, buzuq holat; nosozlik, illat.
Hamma kasal shundaki, siz xalq kuchiga ishonmaysiz.
Sh. Rashidov, Bo‘rondan kuchli
U [Erkin] mashinaga bir qarashdayoq kasalini topadi va davosini qiladi.
H. G‘ulom, Toshkentliklar
5. ot ko‘chma hma Odatga aylangan ish, xatti-harakat.
— Sa’vani yaxshi ko‘rasizmi? — Otadan qolgan kasal bu, — kulib javob berdi Yo‘ldoshev.
Yoshlik
Demak, yolg‘onchilik kasaliga mubtalo bo‘lgan kishini rostgo‘y odamning qoni bilan davolasa bo‘ladi.
X. To‘xtaboyev, Shirin qovunlar mamlakati
Erining to‘satdan qaysarlik kasali tutdi.
Tafakkur
6. ot ko‘chma hma Umuman, biror narsa istagi, shunga ishtiyoq, intilish; dard.
O‘zing ayt, agar menga shu kasalingni bir og‘iz bildirsang, men qaynatangga xat yozmasmi edim
A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Oilada ishning juda ishkali — Xolposhshaning kiyim-kechak kasali.
Mushtum