Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {so‘ra} - sh ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi;Nisbat qo‘shimchalari Lug‘aviy shakl yasovchi ) - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: so‘-rash-moq
Izoh(lar)i:
so‘ra fl

1. 1. Ma’lumot olish, bilish uchun savol bilan murojaat qilmoq; savol, so‘roq bermoq. Manzilni so‘ramoq. Voqeaning tafsilotini so‘ramoq. So‘raganning aybi yo‘q. Maqol
Ko‘p yurgandan so‘rama, ko‘p ko‘rgandan so‘ra. Maqol
Kuyganyor ko‘prigi oldiga kelganda, shofyor tormoz berib, qo‘y yetaklagan kishidan yettinchi uchastka qay tarafdaligini so‘radi. S. Ahmad, Ufq
Azizxonning o‘sha taraflarga borgisi keldi. Shoshib so‘radi: — Armiyaga odam olishadimi? S. Ahmad, Ufq

2. 2. Kimsani chaqirmoq yoki chaqirilishini iltimos qilmoq. — Allo, kimni so‘rayapsiz? — Ahmedovni so‘rayapman.

3. 3. Bilimini tekshirmoq, imtihon qilmoq. Jning kattasini ko‘rsatib bermadingiz, ertaga domla so‘raydigan edilar. Qanaqa yoziladi? A. Qahhor, San’atkor
Qo‘ying, xola, alaxsitmang, darslarini qilsinlar Bitta-yarimta odam darsdan so‘rab qolsa Hech kim so‘ramasa ham, O‘rmonjon akam so‘raydilar. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari

4. 4. Fikrlashib, maslahatini yoki ruxsatini olmoq. [Qutidor] Xotini va qizidan so‘rab o‘tirmay, bir kun do‘konidan erkak sovchilar bilan bitishib ham keldi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Yanagi yilga yer ekuv-siz qolsa, kolxoz hech kimdan so‘rab ham o‘tirmasdan, qo‘sh solib yuboradi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari

5. 5. Biror iltimos yoki talab bilan murojaat etmoq; iltimos yoki talab qilmoq. Izn so‘ramoq. Uzr so‘ramoq. Qarz so‘ramoq. Nomarddan yordam so‘rama, yuzingga soladi. Maqol
Boy qo‘shningdan so‘raguncha, Yo‘q uyingni axtar. Maqol
Azizxon joy izlab alanglab turarkan, yuqorida o‘tirgan Belyavskiy uni imlab, yuqoriga chiqishini so‘radi. S. Ahmad, Ufq
[Muhsina] Savol so‘ralgan-da ham, javob bermaydi, eriga mo‘ltirab qaraydi — izn so‘raydi. M. M. Do‘st, Lolazor
Bashirjon o‘zining mushkul ahvoli to‘g‘risi-da maslahat so‘ramoqchi edi, bo‘lmadi. Ko‘rdiki, akaxonning ahvoli unikidan ham og‘ir. N. Aminov, Qahqaha

6. 6. Ruxsat, ijozat yoki rozilik olmoq. Eshik ochiq bo‘lsa ham, so‘rab kir. Maqol
Mehmon so‘rab yemas. Maqol
Muqbil podshodan Hotamni boshlab kelishga ijozat so‘rabdi. Chalpak yoqqan kun

7. 7. Kimsani xotinlikka, kelinlikka berilishini iltimos qilmoq. Qiz(ini) so‘ramoq. Qizni so‘raganga ber, Qimizni — suvsaganga. Maqol
Mamat qassobning qizini qo‘shni qishloqdan bir necha odam so‘ragan edi. Yoshlik

8. 8. Birovni axtarmoq yoki izlamoq. Bugun Azizxonni so‘ramagan, surishtirmagan odam yo‘q, desa bo‘ladi. S. Ahmad, Ufq
Ko‘p shaharga bordim so‘rab, Topolmadim norim istab. Nurali
Hozir Eshon qishloqda ham u kishini ikki otliq so‘radi. S. Ahmad, Ufq

9. 9. Salom va yaxshi istaklarni birovga yetkazmoq. Qarindoshlarni so‘rab qo‘ying.

10. 10. Savdoda, oldi-sotdida o‘z moli uchun biror narxni aytmoq. Qimmat so‘ramoq. — Toychangizga necha pul so‘raysiz? — Egasi yuz so‘m so‘radi. Men yetmish so‘m dedim. A. Qahhor, Qanotsiz chittak
— Ketamiz, — dedi [Otabek] bir oz o‘ylangandan keyin, — mol baholari to‘g‘risida bitisholmay turamiz — olg‘uvchilar arzon so‘raydilar. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

11. folk. olk. Idora etmoq; hokimlik, hukmronlik qilmoq. Yurtni so‘ramoq. Bu boshimga xos sallani o‘rayman, Omon bo‘lsam, mamlakatni so‘rayman. Erali va Sherali
Chambilbelni so‘rab yotgan zo‘r sulton, O‘g‘il yoki qiz ko‘rmadi Yunusdan. Malikayi ayyor

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: salomlashmoq
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.