Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {salom} - lash ( Nisbat qo‘shimchalari Lug‘aviy shakl yasovchi ) - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: sa-lom-lash-moq
Izoh(lar)i:
salom [sa-lom ]

1. Kishilarning o‘zaro uchrashgan paytlarida urf-odatga ko‘ra bir-biriga aytadigan so‘zi. Alangali salom. Qizg‘in salom. Salom ham farz, alik ham farz. Bir kun tuz ichgan joyga qirq kun salom ber Maqol

2. Amir, xon bilan ertalabki uchrashuv va undagi salom-alik marosimi. Ertalab xonning haramdan chiqish vaqti yaqinlashgan, salom va istiqbol uchun xoslardan sakkiz-to‘qqiz kishi yig‘ilgan edilar. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon

3. Kelinchakni to‘ydan keyingi kun erta bilan olib chiqib, kuyovning ota-onalariga, qarindosh-urug‘lariga ta’zim qildirish marosimi va umuman kelinchaklar ta’zimi; kelinsalom. Ertalab, odat bo‘yicha, Nuri to‘r ro‘mol yopinib, beshikdagi boladan to keksalarga qadar — hammaga salom qilar ekan. Oybek, Tanlangan

4. Sahnada, o‘yin-tomosha maydonlarida aktyorlarning tomoshabinlarga ta’zimi. Zulfizar raqsini tugatib, mahliyo bo‘lib o‘tirgan tomoshabinga salom qilishi bilan, birdan hamma yoqni gulduratib qarsaklar ko‘tarildi. K. Yashin, Hamza

5. Salom (erkaklar ismi).

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.