Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {sirt}
So‘z bo‘g‘inlari: sirt
Izoh(lar)i:
sirt ot

1. 1. Narsalarning tashqi tomoni, tashqi yuzi. Yer sirti. Oy sirti. Sirti ko‘k idish. Mol olasi sirtida, odam olasi ichida. Maqol
Bu choynakning sirti ajoyib naqshlar bilan bezatilgan ekan. Oltin olma
Kun tig‘ tortib, daryoning u tomonidagi adirlarning sirti to‘q yashil, jilg‘alari qora tusga kirdi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari

2. 2. Narsa yoki kimsaning tashqi qiyofasi, ko‘rinishi; zohiriy tomoni. Sirti yaltiroq, ichi qaltiroq. Maqol
Siringni sirtingga chiqarma. Maqol
Demak, u sirtdan husnga qanchalik boy bo‘lsa, ma’naviy jihatdan ham shuncha boy ekan-ku! K. Yashin, Hamza
Bular sirtdan mag‘rurdek ko‘rinadilar. Biroq bu mag‘rurlikka kirmaydi, buni kibr deyiladi. Shukrullo, Saylanma

3. 3. Tashqari, chet. Dushmanning sirtida emas, ichida bo‘l. Maqol
Sinalmagan otning sirtidan o‘tma. Maqol
Zumrad hanuz sirtda iymanib turardi. S. Siyoyev, Otliq ayol
Men qo‘l qo‘yib, muhr bosar edim-u, lekin sirtdan turib sizlarga yordam berganim maqbul. J. Sharipov, Xorazm
Yo‘q, shoir hissini bo‘lmaydi aldab, Sirtdan baho berib bo‘lmas kishiga. Shukrullo, Saylanma

4. mat. at. Geometrik shaklning tashqi yuzi, umumiy qismi. Shar sirti. Silindrning yon sirti. Botiq sirt. Uyurma sirt. Fanda sirtning xususiyatlarini o‘rganuvchi butun boshli yo‘nalishlar mavjud. Fan va turmush

5. geogr. gr. Tizma tog‘ cho‘qqilari. Agar mana shu Muzloq tog‘ning cho‘kkalagan nor tuyaning o‘rkachiga o‘xshagan sirtiga chiqilsa, kishining ko‘zi oldida bir-biriga zid ikki dunyo ochiladi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha

Antonim(lar)i: ich
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.