1. ko‘rs. olm. lm. Xuddi aytilganga, ko‘zda tutilganga yoki ko‘z o‘ngidagiga o‘xshash, shunga o‘xshash, shu singari.
Shunday do‘st qayerda bor? Shunday vaqt keladi. Haqiqatan shunday bo‘lib chiqdi. Men ham yoshligimda shunday edim. Qalamning shundaylaridan uchtasini tanlab oldim.
▬
— Qalay? — dedi Sulaymonov trubkani qo‘yib, — umringizda shunday qaymoq yeganmisiz?
A. Qahhor, Ikki yorti — bir butun
Unda [G‘ulomjonda] shunday nafratning tug‘ilishi tabiiy edi.
M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
Bu ishlar ichida shundaylari ham borki, shoshilinch qilinmasa, boshqa ishga ham ta’sir qilishi tayin edi.
Sh. Rashidov, Bo‘rondan kuchli
2. 2. Ma’noni kuchaytiradi; shu qadar, shu darajada; shunaqangi.
U shunday tez yurar ediki. U hech qachon shunday ahvolga tushmagan edi.
▬
Zangori osmon ham shunday tiniq, shunday beg‘uborki, ko‘zni oladi.
Oybek, Tanlangan asarlar
Bo‘g‘inlari bo‘rtib turgan uzun barmoqlarini tugun qilib, pidjagining cho‘ntagiga shunday qattiq tiqdiki, choklari chirsillab ketdi.
P. Qodirov, Uch ildiz
3. rvsh. sh. Aytilgan yoki ko‘zda tutilgan bir tartibda, shu zaylda, ana shu tarzda.
Xo‘jalikni shunday boshqarish kerak. Siz ham shunday ishlasangiz bo‘lmaydimi?
▬
Hakimboyvachchadek hushyor yigit qayda? Boyonlarimizning bari hushyor. Aqli bo‘lgani uchun boy bo‘lgan-da. Shunday emasmi,
Salimjon. Oybek, Tanlangan asarlar
Shunday qilib, yoz ham o‘tdi. Nihoyat, Ahmadjon askariy xizmatga chaqirildi.
A. Qahhor, Oltin yulduz
4. 4. Quyidagicha, tubandagicha.
Bu xotin to‘g‘risida mulla Norqo‘zi shunday fikrda: agar farishta ilgari o‘tgan bo‘lsa — shuning onasi, endi tug‘ilsa — shuning bolasi bo‘ladi, agar hozir yer yuzida bo‘lsa — shu xotinning o‘zi.
A. Qahhor, Mayiz yemagan xotin
5. rvsh. s.t. .t. Odatdagi kabi, odatdagi singari, odatdagidek; oddiy usulda.
O‘zimiz shunday gaplashib o‘tirgan edik.
▬
Vagondan eng keyin tushgan va miltig‘ini tig‘idan ushlab, ketmonday yelkasiga qo‘yib, shoshmasdan kelayotgan Ahmadjon: Stroy [saf] bo‘lmasdan, shunday ketaversak bo‘lmasmikan? — dedi.
A. Qahhor, Oltin yulduz
6. 6. Tasdiqdovchi javobni bildiradi; ha, to‘g‘ri.
— Vrachmisiz? — Shunday.
▬
[Eshon:] Kattalarni-chi, kattalarni ham o‘qitasizmi? — Shunday, — deb javob berdi Elmurod.
P. Tursun, O‘qituvchi
7. ko‘m. vzf. zf. Ta’kid, kuchaytiruv ifodalaydi; xuddi, naq.
Ishxonamiz teatr bino-sining shunday ro‘parasida.