1. 1. Biror jismdan taraluvchi nurli energiya; yorug‘lik, nur. Oy shu’lasi. Xatni chiroq shu’lasida o‘qimoq. ▬ Ammo oftobning o‘tkir shu’lasi Ko‘ksingni parchalab yordi beomon. Tarixning muzaffar, nurli yo‘lidan Dadil bormoqdalar naslimiz hamon. Uyg‘un Shox o‘tinning o‘choqni to‘ldirib lovullayotgan yolqini qoraygan ko‘chaga shu’la sochmoqda. P. Tursun, O‘qituvchi
2. ayn. yn. Yolqin. Hamon mash’ala shu’lasi ko‘rinib turgan hovlidan ancha uzoqlashgach, bir daraxtning panasiga o‘tirdilar. S. Siyoyev, Yorug‘lik
1. Nur – shu’la – yog‘du – ziyo Bo‘yog‘iga ko‘ra (kitobiylik belgisining oz-ko‘pligiga ko‘ra)