Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {shirin} {shakar}
So‘z bo‘g‘inlari: shi-rin –-sha-kar
Izoh(lar)i:
shirin sf

1. 1. Shirasi o‘tkir, shirali. Shirin qovun. Shirin ichimlik. Shirin mevalarga o‘rgangan og‘izlariga bu yerning nordon ne’matlari yoqmadi. Oybek, Quyosh qoraymas

2. 2. Ta’mi yoqimli, mazali, lazzatli. Shirin sho‘rva. — Albatta, albatta, — dedi Sulaymonov jiddiy qiyofada, — masalan, baliq — ko‘p yaxshi narsa, qovurilsa, qanday shirin bo‘ladi! A. Qahhor, Ikki yorti — bir butun
Mening ikki onam bor, Ikkisi ham mehribon: Biri menga sut berdi, Biri esa shirin non. Uyg‘un
siz pishirgan taom shu darajada shirin, lazzatli bo‘ladiki Mirmuhsin, Me’mor

3. ko‘chma hma Kishi huzur qiladigan, orom oladigan, lazzatlanadigan, xush yoqadigan; yoqimli, yoqimtoy. Shirin xayollar. Shirin tush ko‘rmoq. Shirin muomala. Shirin so‘z shakardan shirin. Maqol
Muharram shirin tabassum bilan kuldi-da, bejirim labining ikki burchagini nozik to‘r tutilgan dast-ro‘molchasi bilan artib qo‘ydi. Shuhrat, Shinelli yillar
Bir og‘iz shirin so‘z — nondek arzanda. G‘, G‘ulom
U shovqin-suron ichida shunday shirin uxlardiki, bunday uyqu halol ishlab charchagan vaqtdagina bo‘lishi mumkin. Sh. Rashidov, Bo‘rondan kuchli
Voy, muncha shirin bo‘lmasang! Juda aqlli bolasan-da! S. Siyoyev, Yorug‘lik
— Do‘mbillamay qolsin shu shirinlar-yey! — deguvchi edi, harbiylarni ko‘rganda bir o‘rtog‘im. Oydin, Sadag‘ang bo‘lay, komandir

4. 4. Ahil, totuv. Shirin oila. Dunyoda bitsin urush, Yer yuzi ko‘rmasin dog‘, Gullasin shirin turmush, Tinchlik bo‘lsin hamma yoq. Q. Muhammadiy

5. 5. Shirin (xotin-qizlar ismi).

Antonim(lar)i: achchiq , bemaza
Sinonim(lar)i: mazali
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.