Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {shikoyat} - lan - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: shi-ko-yat-lan-moq
Izoh(lar)i:
shikoyat ot

1. 1. Norozilik, nolish so‘zi; hasrat. Uyqusizlikdan shikoyat qilmoq. Hammaning tilida shikoyat: qimmatchilikdan, mardikor olish voqeasidan, bekorchilikdan shikoyat. Oybek, Tanlangan asarlar
— Kambag‘alchilik o‘lsin! — xotin bu gapni shikoyat tarzida aytdi, ammo Turobjon buni ta’na deb tushundi. A. Qahhor, Anor

2. 2. Norozilik va ma’lum talab bilan og‘zaki yoki yozma tarzda bildirilgan fikr; arz. Shikoyat — ojizlik alomati. Shikoyatni o‘ziga ep ko‘rmay, jim o‘tirdi Ahmad. F. Musajonov, Himmat
Ko‘pchilikning arz-dodiga quloq solmagandan keyin shikoyat oqaveradi-da. Mushtum
Yo Qo‘qon hokimi Medinska janobi oliylariga arz qilarsan Bor, bora qol, shikoyat qila qol. K. Yashin, Hamza

3. ayn. yn. Shikoyatnoma. Shikoyat va tavsiya daftari. Kasabaqo‘m ishchi va xizmatchilarning shikoyatlarini korxona ma’muriyati bilan birgalikda ko‘rib chiqadi. Gazetadan
Hukmlar to‘g‘risida shikoyat berish erkinligi ko‘zda tutiladi. Gazetadan

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.