Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {shikoyat}
So‘z bo‘g‘inlari: shi-ko-yat qil-moq
Izoh(lar)i:
shikoyat ot

1. Norozilik, nolish so‘zi; hasrat. Uyqusizlikdan shikoyat qilmoq. ▬ Hammaning tilida shikoyat: qimmatchilikdan, mardikor olish voqeasidan, bekorchilikdan shikoyat. Oybek, Tanlangan asarlar
— Kambag‘alchilik o‘lsin! — xotin bu gapni shikoyat tarzida aytdi, ammo Turobjon buni ta’na deb tushundi. A. Qahhor, Anor

2. Norozilik va ma’lum talab bilan og‘zaki yoki yozma tarzda bildirilgan fikr; arz. Shikoyat — ojizlik alomati. ▬ Shikoyatni o‘ziga ep ko‘rmay, jim o‘tirdi Ahmad. F. Musajonov, Himmat
Ko‘pchilikning arz-dodiga quloq solmagandan keyin shikoyat oqaveradi-da. Mushtum
Yo Qo‘qon hokimi Medinska janobi oliylariga arz qilarsan Bor, bora qol, shikoyat qila qol. K. Yashin, Hamza

3. ayn. yn. Shikoyatnoma. Shikoyat va tavsiya daftari. ▬ Kasabaqo‘m ishchi va xizmatchilarning shikoyatlarini korxona ma’muriyati bilan birgalikda ko‘rib chiqadi. Gazetadan
Hukmlar to‘g‘risida shikoyat berish erkinligi ko‘zda tutiladi. Gazetadan

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.