Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {sevgili}
So‘z bo‘g‘inlari: sev-gi-li
Izoh(lar)i:
sevgili sf

1. 1. Kishining ko‘ngil qo‘ygan dildori; yor, ma’shuq(a), mahbub(a). [Temirjon] Qanday bo‘lmasin, sevgilisining qo‘ng‘iroqday tovushini eshitish dardida iztirob chekar, yuragi dam-badam hapriqib turardi. J. Abdullaxonov, Oriyat
Sevgilim, seni deb kuydim qanchalar, Sevgilim, yurakda dardim limmo-lim. Yoshlik

2. sft. ft. Sevikli, sevimli, yaxshi ko‘rgan. Sevgili yor. Hayot, quloqlari yonida sevgili ohangi birdan yangrab ketgandan, shodlik hayajoni bilan talpindi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.