1. 1. Go‘zal yor, ma’shuqa, sevgili.
G‘ulomjon to‘ymagan ko‘zlari bilan dildoriga tikilib: Xayr, yaxshi qoling, — dedi.
M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
Necha vaqtdan beri hayron bo‘libman, Ajoyib dildora duchor bo‘libman.
Qo‘shiqlar
O‘ylasam, gulchehra dildorimga dildor o‘xshamas, Lolarang ruxsoriga har lolaruxsor o‘xshamas.
Habibiy, Devon
2. sft. ft. Dilni o‘ziga tortuvchi, ko‘ngilga xush yoqadigan; yoqimli, mehribon.
Munchaham mehmonnavoz-u dilkash-u dildor ekan
Habibiy, Devon
Orzumand ko‘nglimning sho‘x dildori sen, Sevgi saltanatin shu’lakori sen.
Mirtemir, Asarlar
3. 3. Dildor (xotin-qizlar ismi).