1. 1. Tez, darhol sezadigan; sezgir, ziyrak.
Sergak soqchi. Sergak bo‘lmoq. Sergak tortmoq.
▬
Kiyikdek sergag-u hush-yor chavandoz Qadam qo‘yganda tog‘lar qilgan ovoz.
Habibiy
Malohat ham sergak o‘tirar, ikki qulog‘i munozarada edi.
S. Nurov, Narvon
2. 2. Tez fahmlaydigan; zehni o‘tkir; farosatli.
Sergak o‘quvchi.
▬
Ko‘ngil qo‘ygan yigiting sergak bo‘la qolsa, dilingdagini tushunib, gapingga monand javob qilsa
R. Fayziy, Cho‘lga bahor keldi
3. 3. Uyg‘oq; uxlagan emas.
Mahkam yoniga ag‘darilib yotdi va ko‘zini yumdi. Lekin butun vujudi sergak edi.
P. Qodirov, Uch ildiz
— Darhol darvozalar yaqinidagi mahallalarga xabar qil, uxlamasinlar, sergak bo‘lib tursinlar! — dedi Temirtosh.
Yoshlik