Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {saxiy}
So‘z bo‘g‘inlari: sa-xiy
Izoh(lar)i:
saxiy sf

1. 1. Hech kimdan narsasini ayamaydigan; hotam; hotamtoy; tanti. Saxiy odam. Saxiy topsa, bo‘lib yer, baxil topsa, bosib yer. Maqol
Saxiy bilan baxil bir quduqdan suv ichmas. Maqol
Vaqt-bevaqt birovnikiga bir mehmon kelsa, otini ushlab ko‘nglini xushlab jo‘natsa, bul odam— saxiy. Alpomish

2. 2. Kishilardan o‘z yordamini, xizmatini ayamaydigan, g‘amxo‘r; mehribon. Saxiy ustoz. Saxiy pedagog Mehri opa tarbiyalagan yoshlarni respublikamizning hamma joyida uchratish mumkin. Gazetadan

3. ko‘chma hma Tabiiy boyliklarga boy; to‘kin, mo‘l; mo‘l-ko‘l. Saxiy yer. Saxiy yoz. Yer! Qanday boysan, saxiysan, go‘zalsan. R. Fayziy, Cho‘lga bahor keldi
Urushdan qaytgan g‘olib otadek Qo‘ni-qo‘nji to‘lib saxiy kuz keldi. G‘. G‘ulom

4. ko‘chma hma Nurini ayamay to‘kuvchi; yuqori haroratli (quyoshga nisbatan). Ana, yo‘lning ikkala beti bo‘ylab saxiy quyosh nurini bearmon emib, yastanib yotgan tokzorlar orqada qoldi. Sharq yulduzi
Xazina yer, zilol suv, Yoz bo‘yi saxiy quyosh. G‘ayratiy

Sinonim(lar)i: himmatli , saxovatli , tanti , hotam [a]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Qizg‘anchiq – xasis – saxovatli – saxiy – hotamtoy
Ma’nosiga ko‘ra
(xususiyatning ijobiy-salbiyligiga ko‘ra)

2. Saxiy – himmatli -saxovatli – hotam – tanti
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining oshib borishiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.