1. Vijdoni, insofi yo‘q, yaramas, qabih, pastkash.
Xonxo‘jalik Sayfulla eshonni men o‘zimga ustoz deb bilar edim. Aslida o‘sha nokas meni shu yo‘lga olib kirdi, — dedi Bo‘ronboy.
O. Husanov, Qo‘shiqchining taqdiri
2. so‘k.Yaramas, ablah.
Ha, tutuni bulut ko‘rmagan nokas. Sening otang shunday qurumsoq edi.
P. Tursun, O‘qituvchi
3. Birovga hech narsasini ravo ko‘rmaydigan; baxil, xasis, qurumsoq.
Nokasdan qarz bo‘lma — ham yo‘lda qistaydi, ham go‘rda.
Maqol