Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {razil} - lash ( Nisbat qo‘shimchalari Lug‘aviy shakl yasovchi ) - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: ra-zil-lash-moq
Izoh(lar)i:
razil sf

1. 1. Kishini jirkantiradigan; yaramas, qabih, past, tuban. Razil odam. Razil xatti-harakat. Razil niyatlar. Odamlar razil niyatli kimsalarga ham xizmat silaverishi mumkin. E. Usmonov, Yolqin
Men insonni bir insonday sevardim, lekin Nechun ko‘pdir haligacha razil odamlar. A. Oripov, Yillar armoni

2. 2. Manfur, mal’un. Razil dushman. Razil, makkor, yaramas Gitler dastidan Vatan tahlikada qolmishdir endi. G‘. G‘ulom, Tanlangan asarlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.