Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {raqs}
So‘z bo‘g‘inlari: raqs
Izoh(lar)i:
raqs [raqs ]

1. Raqqos(a)ning garmonik harakati va holatlari, plastik ifodaviyligi, yuz imo-ishoralari va boshqalar orqali obraz yaratishdan iborat san’at turi. O‘zbek milliy raqslari. Raqs tarixi. Gazetadan

2. Turli maqomlar bilan bajariladigan ritmik harakat; oyoq o‘yin va shunday o‘yin uchun yozilgan musiqa. Bir-biridan sho‘x, bir-biridan o‘ynoqi ohanglarga yosh-yalanglar raqs tushishyapti. Gazetadan

3. O‘yin, tansa kechasi, bazm. Raqslar boshlanur, gul o‘yin, chapak, Hunarin ko‘rsatar qiz, juvon, xonim. G‘. G‘ulom

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: o‘yin
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.