Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {o‘yin}
So‘z bo‘g‘inlari: o‘-yin
Izoh(lar)i:
o‘yin ot

1. 1. Ko‘ngil ochish, dam olish, tarbiyalash maqsadida qilinadigan erkin harakat yoki mashg‘ulot. Bolalar o‘yini. Ko‘cha tutash balchiq bo‘lganidan bolalarning o‘yini tugul, yurishiga ham imkon yo‘q edi. Oybek, Tanlangan asarlar
keng maydonda shovqin-suronli qish o‘yinlari: baland tepadan sirpanishlar, dumalashlar, chenalarda uchishlar Oybek, Tanlangan asarlar

2. 2. Boshqalar bilan musobaqa qilish uchun ma’lum qoidalar asosida o‘tkaziladigan mashg‘ulot. Futbol o‘yini. Shaxmat o‘yini. Estafeta o‘yinida qizlar komandasi yutib chiqdi. Jon-dilim futbol emasmi, qizni ham unutib, butun xayolim o‘yinda bo‘lib qoldi. Gazetadan

3. 3. O‘rtaga pul yoki narsa tikib o‘tkaziladigan mashg‘ulot; qimor. Otam o‘yin qizig‘ida yutqazishga yutqazib qo‘yib, keyin o‘zini urdi, peshonasini yordi, yig‘ladi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha

4. 4. Ritmik harakatlar va mimikalar uyg‘unligidan iborat san’at; raqs. Oyoq o‘yini. Sho‘x o‘yin. Kavkazcha o‘yin. O‘yin ham bir turli nazokat kasb etib, Gulsunbibi yo‘rg‘alay ketdi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

5. ko‘chma hma Parvoz vaqtida shox urib (tash-lab) qilinadigan yengil, yoqimli harakat. Kabutar o‘yini.

6. s. t. t. Spektakl, konsert, sirk tomoshasi va shu kabilar Bular teatrning oldiga kelganlarida, o‘yin boshlanishiga uchinchi qo‘ng‘iroq ham berilgan edi. Oydin, Fonar tagida

7. ko‘chma hma Betartib, biroq o‘ziga xos jozibali harakat (hayvon va narsalar haqi-da). Shabada o‘yini. G‘azab bilan hayqirib bo‘ron, Balki qilar ming turli o‘yin. G‘ayratiy
Baliqlarning bunday o‘yinini endi ko‘rib turgani!\. Nazir, So‘nmas chaqmoqlar

8. ko‘chma hma Ermak tarzidagi harakat, qiliq va shu kabilar Achchiq o‘yin shirin turmushni buzar. Maqol
Har holda, taqdirning bunchalik o‘yinlari turgan bir zamonda biz nima ham qila olar edik. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
U muhabbatni o‘yin deb hisoblaydi. S. Karomatov, Oltin qum
Xat senga o‘yin bo‘lib qoldimi?! H. Nazir, So‘nmas chaqmoqlar

9. s. t. t. Unchalik qiyin, mushkul bo‘lmagan ish haqida. Qizniki — qiyin bilan, o‘g‘ilniki o‘yin bilan bitar. Maqol

10. s. t. . t. Suyuqoyoq, buzuq ayol haqida.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: raqs [a]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. achchiq o‘yin shirin turmushni buzmoq: -

2. bo‘yin bermaslik: -

3. bo‘yin egdi: itoat qildi

4. bo‘yin egmoq : -

5. bo‘yin tovlamoq: -

6. bo‘yin yor bermaslik: -

7. bo‘yin yori bermaslik: -

8. bo‘yindan bog‘lagandek: -

9. bo‘yindan ip bog‘lagandek: -

10. bo‘yindan soqit qilmoq: -

11. bo‘yinga minib olmoq: -

12. bo‘yinga olmoq: -

13. bo‘yinga qo‘yilmoq: -

14. bo‘yinni bukmoq: -

15. bo‘yinni qismoq: -

16. bo‘yinni xam qilmoq: -

17. o‘yin buzuqi: -

18. o‘yin o‘tmaslik: -

19. o‘yini o‘tmaslik: -

20. obro‘yini ko‘tardi: yana ham e’tiborli qildi

21. obro‘yini ko‘tarmoq: -

22. obro‘yini oshirdi: yana ham e’tiborli bo‘ldi

23. obro‘yini oshirmoq: -

24. obro‘yini to‘kdi: nufuziga zarba etkazdi

25. obro‘yini to‘kmoq: -

26. obro‘yini tushirdi: nufuziga zarba yetkazdi

27. obro‘yini tushirmoq: -

28. obro‘yini yo‘qotmoq: -

29. to‘ng bo‘yin: Bo‘yin bermaydigan, bo‘yin egmaydigan, o‘jar

Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.