Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {qoqindiq}
So‘z bo‘g‘inlari: qo-qin-diq
Izoh(lar)i:
qoqindiq ot

1. etn. tn. Qoqim qilib davolashda bemorning badaniga urib, boshidan aylantirib sadaqa qilinadigan yoki qoqimchi olib ketadigan narsa, sadaqa.

2. x.q. .q. Jonim tasadduq, sadaqang bo‘lay. Axir, biz ham otang bilan ko‘zimiz yorug‘ligida sening orzu-havasingni ko‘rsak deymiz-da, onang qoqindiq. H. Ziyoxonova, Ko‘ngil
Bo‘yingizdan opangiz qoqindiq, agar shuncha-lik aytmasangiz, bir bechora qiz oyog‘osti bo‘larkan. T. Murod, Ot kishnagan oqshom
— Voy, onaginang aylangur, bo‘yginangga qoqindiq bo‘lay, — deb Sharofatbibi uzoq vaqt bag‘ridan Komilani qo‘ymadi. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar
Bor, do‘mboqqinam, bor, qoqindiq, bor, o‘yiningni o‘yna A. Muxtor, Chinor

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: aylanay
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.