1. Qo‘ng‘irboshlar oilasiga mansub, doni tariqdan ko‘ra maydaroq, boshoqli bir yillik o‘simlik; g‘alla va yem-xashak ekini.
2. 1. Biror joyga, biror kimsaning uyiga qo‘ngan, tushgan yo‘lovchi, sayyoh; mehmon. Inson qo‘noq bo‘lar Oyga, Zuhraga. X. Rasul. Opa, siz palovga unnang. Toza, sen E’zozxonni bolalari bilan olib kel, qo‘noq bo‘lib ketsin. H. G‘ulom, Mash’al
3. 2. Qushlar qo‘nadigan dor; qo‘ndoq. Kun botgach, tovuqlar qo‘noqqa chiqdi.
1. qo‘noq I Ot Tariq, italyan tarig‘i
2. qo‘noq II Ot esk. Mehmon; tunda to‘xtab, dam olib ketadigan yo‘lovchi