Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {mehmon}
So‘z bo‘g‘inlari: meh-mon
Izoh(lar)i:
mehmon ot

1. To‘y, ziyofat va shu kabilar munosabati bilan yo‘qlab kelgan (borgan) shaxs. Mehmon bo‘lmoq. Mehmon qilmoq. Mehmon(ga) aytmoq. ▬ Qutidor mehmonlarni ixlos va samimiyat bilan kutar, ziyofat quyuq-suyuqlari bilan to‘la-to‘kis davom etar edi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

2. Majlis, yig‘ilish, kengash va shu kabilarga chetdan chaqirilgan shaxs. Sessiyaga chaqirilgan deputat va mehmonlar. Qurultoyda mehmon sifatida qatnashmoq. ▬ Festivalning qatnashchilari va mehmonlari orasida taniqli davlat arboblari iste’dodli ijodkor yoshlar bor. Gazetadan

3. Chetdan tashrif buyurgan, vaqtinchalik qo‘ngan shaxs. Eshikni ochishi bilan: — Otdan qo‘ningiz. mehmon. — dedi [usta Alim] otni Otabek qo‘lidan olgach. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

Antonim(lar)i: mezbon
Sinonim(lar)i: qo‘noq
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.