Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {qo‘n} - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: qo‘n-moq
Izoh(lar)i:
qo‘n fl

1. 1. Uchishdan to‘xtab, yerga yoki biror narsaga o‘tirmoq, tushmoq. Qush daraxtga qo‘ndi. Vertolyot dalaga qo‘ndi. Kosmik kema Oyga qo‘ndi. Parashyutchi belgilangan joyga aniq qo‘ndi. Qush qanoti bilan uchib, quyrug‘i bilan qo‘nar. Maqol
Ana, qoqdi qanotin bulbul, Kelib qo‘ndi chiroyli gulga. I. Muslim.
Havo jangida qattiq shikast yegan nemis samolyoti, nima bo‘ldi-yu, shu g‘aramdan yigirma-o‘ttiz metr nariga kelib qo‘ndi. A. Qahhor, Oltin yulduz

2. ko‘chma hma Biror narsaning ustiga kelib tushmoq, o‘rnashmoq; inmoq (yuqoridan tushadigan yoki havoda harakat qiladigan narsalar haqida). [Samolyot] O‘tishi bilanoq, qanoti ostidan shovullab quygan yomg‘ir g‘o‘zalar bargiga shudringday qo‘na boshladi. H. Nazir, So‘nmas chaqmoqlar
U [Rajab] Hasan ovchini ko‘rishi bilan shoshib, oyoq-qo‘llarini qoqdi, kipriklariga qo‘ngan gardlarni yenglari bilan artdi. Sh. Toshmatov, Erk qushi

3. 3. Safarda dam olish, tunash yoki vaqtincha istiqomat qilish uchun biror joyda to‘xtamoq, biror joyga tushmoq, o‘rnashmoq. Mehmonlar qayerga qo‘ndilar? Bugun bizga [biznikiga] qo‘nib boradilar-da. Qovun pishib qoldi, qovun sayli qilamiz. N. Safarov, Jangchi shoir
Bu saroyga turli mamlakatlardan kelgan savdogarlar qo‘nar, chit, choy va ipak mollar hammasi shu yerga kelib tushardi. J. Sharipov, Xorazm
Husayn Boyqaro Balxda amir Arg‘un deganning Chahor bog‘iga qo‘ndi. Oybek, Navoiy

4. 4. Tunni biror joyda o‘tkazmoq, tunamoq. Yo‘lda to‘rt qo‘nib keldik. Bek shu kecha bu yerda qo‘nibdilar, o‘tgan kecha Qoraxonnikida edilar. S. Ayniy, Qullar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: tushmoq , o‘tirmoq , inmoq
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.