1. egri qo‘llik qildi: mayda o‘g‘irlik qildi
2. gah desa qo‘lga qo‘nadigan qilib olmoq.: birovni o‘ziga bo‘ysundirib, so‘zini ikki qilmaydigan qilib olmoq
3. gah desa qo‘liga qo‘nadigan qilib olgan: juda itoatkor qilib olgan
4. Ikki qo‘lini burniga tiqdi: quruqdan- quruq, evaziga hech narsa ololmay
5. Ikki qo‘lini og‘ziga tiqdi: hovliqib, lozim bo‘lganidan ko‘ra ortiqroq narsani ro‘yobga chiqarish uchun intildi
6. Ikki qo‘llab: hech qanday e’tirozsiz va xursandlik bilan
7. ko‘ngliga qo‘l soldi: eng yashirin fikr-o‘yini bilishga harakat qildi
8. miyasini qoqib, qo‘liga berdi: so‘rayverib miyasini charchatdi, sergapligi bilan bezdirdi
9. o‘zini qo‘lga oldi: o‘z xatti–harakatlarini irodasiga bo‘ysundirdi
10. ochiq qo‘l: saxiy
11. qo‘l berdi I: salomlashish uchun dastpanjasini uzatdi
12. qo‘l berdi II: murid bo‘ldi
13. qo‘l keldi: manfaatiga mos tushgan holda qulaylik berdi
14. qo‘l ko‘tardi: 1)urdi 2)tarafdorligini, xayrixohligini bildirdi 3)gapiruvchi ekanini bildirdi
15. qo‘l siltadi: diqqat–e’tiborga noloyiq deb topdi
16. qo‘l urdi: 1)tegdi 2) biror ishni qila boshladi
17. qo‘ldan berdi: yo‘qotdi
18. qo‘ldan chiqdi: 1)kimningdir hukmidan, ixtiyoridan chiqib ketdi 2)bitdi(qurish, tikish, yozish kabilar)
19. qo‘ldan ketdi: kimningdir hukmidan, ixtiyoridan chiqib ketdi
20. qo‘lga kirdi: ixtiyoriga o‘tdi
21. qo‘lga oldi: 1)o‘z ixtiyoriga o‘tkazdi 2)qo‘qqisdan hujum qilib bosib oldi 3)hibs qildi, qamash maqsadida tutdi 4) biror yo‘l bilan o‘z xohishiga bo‘ysunnadigan qildi
22. qo‘lga tushdi: 1) tutqun bo‘ldi 2) biror nojo‘ya ish bilan tutildi 3) aldanib, o‘z ixtiyorini berib qo‘ydi
23. qo‘li baland: raqobatda, musobaqada vaziyati ustun
24. qo‘li bormadi: nimanidir qilmaslikka undovchi his–tuyg‘uning ta’sirida biror faoliyatga kirisha olmaydi
25. qo‘li egri: o‘zgalarning haqini, mulkini o‘g‘irlaydigan mayda o‘g‘ri
26. qo‘li kalta: cheklangan imkoniyatga ega
27. qo‘li ochiq: saxiy
28. qo‘li qisqalik qildi: cheklangan imkoniyatga ega
29. qo‘li tegmadi: juda bandligi tufayli vaqt topolmaydi
30. qo‘li uzun: ortiq darajada imkoniyatga ega
31. qo‘li yuqori bo‘ldi: raqobatda, musobaqada vaziyati ustunlik qildi
32. qo‘lidan keldi: bajarishga, qilishga qodir
33. qo‘lidan kelganicha: qila olganicha, bilganicha, kuchi yetganicha
34. qo‘lini bigiz qildi: niqtab ko‘rsatdi
35. qo‘lini burniga tiqib: quruqdan-quruq, evaziga hech narsa ololmay
36. qo‘lini ko‘tardi: taslim bo‘lganini bildirdi
37. qo‘lini sovuq suvga urmaydi: qiyinroq jismoniy mehnatni mutlaqo qilmaydi
38. qo‘lini yuvib, qo‘ltig‘iga urdi: ixlosi qaytib, ishonmay qo‘ydi
39. qo‘ltig‘dan tarvuzi tushdi: umidi puchga chiqib, bo‘shashdi
40. qo‘ltig‘iga suv purkadi: biror ishni qilishga o‘chakishtirdi
41. qo‘ltig‘iga suv purkamoq: birovga qarshi oyoqlantirmoq, gijgijlamoq.
42. qo‘yniga qo‘l soldi: fikr niyatini bilishga harakat qildi
43. tarvuzi qo‘ltig‘idan tushdi: umidi puchga chiqib, bo‘shashdi
44. yuragiga qo‘l solmoq: eng yashirin fikr-o‘yini bilishga harakat qildi