Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {imzo}
So‘z bo‘g‘inlari: im-zo
Izoh(lar)i:
imzo ot

1. Shaxsning o‘z qo‘li bilan maxsus yozuv-chizuv (shakl)da ifoda etilgan va uning o‘zi ekanini bildiruvchi belgi; qo‘l. Xatdagi sodda, yoqimli so‘zlar, uning tanish imzosi, dala pochtasining besh raqamli adresi — bularning hammasi Eralining sog‘-salomatligidan dalolat berib turar edi. I. Rahim. Chin muhabbat.
Mard odam imzosini ochiq qo‘yadi, qurbaqadek kavakda bekinib yotib qurillamaydi. S. Siyoyev, Otliq ayol

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: qo‘l
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.