Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {qizi} - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: qi-zi-moq
Izoh(lar)i:
qizi fl

1. 1. Harorati ko‘tarilmoq, baland bo‘lmoq; isimoq (asosan havo harorati haqida). Havo nihoyatda qizigan, otlar halloslab terlar. Mirmuhsin, Me’mor
Ertalabdanoq kun qiziy boshlaydi-da, choshgohga borganda quyoshdan olov yomg‘iri yog‘iladi. H. G‘ulom, Binafsha atri

2. 2. Biror narsa (olov va boshqalar) ta’sirida tana harorati oshmoq, ko‘tarilmoq (jism, tana haqida). Badani qizidi. Tandir qizidi. Temir qizidi. Otabekning manglayida turgan qo‘li qizib ketib, ikkinchi qo‘lini almashtirishga majbur bo‘ldi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Hamma yoq qum, qizib, yonib yotgan qum M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha

3. ayn. yn. Qizishmoq. [Sodiq:] Qizib ketgan ekanman, qarang, mingboshini ham cho‘ziltirmoqchi edim-u, biroq orqadan kelib, qo‘limni bog‘laganlarini bilib qoldim. N. Safarov, Uyg‘onish

4. ko‘chma hma Qizg‘in tus olmoq. Suhbat qizidi. Munozara qizidi. U sahna chekkasiga surib qo‘yilgan parda oldiga borganida, konsert qizib ketgan edi. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
Bu kun chorshanba bo‘lganidan bozor ayniqsa qizigan. Oybek, Ulug‘ yo‘l
Ish qizib ketgan paytda qishloq tomondan ko‘chani changitib kelayotgan mashina ko‘rindi. R. Fayziy, Cho‘lga bahor keldi
Hozir ovning avji qizigan payti, ko‘lda o‘rdak, qashqaldoq ko‘p. J. Sharipov, Xorazm

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: isimoq
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.