1. 1. O‘ziga issiqlik olib, harorati ko‘tarilmoq. Suv isidi. Pechka qizib, uy yaxshi isidi. ▬ Havo hali isimagan bo‘lsa ham, xomsemiz hokim, formasining ko‘krak tugmalarini yechib tashlab, yelpinishga tushdi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha.
2. ko‘chma hma Ko‘ngli tortmoq, rag‘bati, muhabbati oshib, yaqinlik sezmoq; ko‘ngli ilimoq. Endi xotiniga isib, mehmonxonada yotishni ham barham bersa. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar Yo‘ldoshning oldiga kirib o‘tsam, Jamilaxonning boshi ko‘kka yetar. Zora-mora menga ko‘ngli isib qolsa o‘g‘limning ham baxti ochilardi, — dedi Saltanat. B. Rahmonov, Qilmish-qidirmish
1. Ilimoq – isimoq – qaynamoq Ma’nosiga ko‘ra (o‘zgarish holatiga ko‘ra)
2. Isimoq – sovimoq – muzlamoq Ma’nosiga ko‘ra (haroratning pasayib borishiga ko‘ra)