1. 1. Tepaga yo‘nalishi to‘g‘ri emas, biror tomonga og‘gan; qiyshaygan.
Qiyshiq stolba. Qiyshiq devor. Qiyshiq chinor.
▬
O‘rtasi bukchayib ketgan stul ustidagi qiyshiq shamdonda sham yonib turardi.
Saodat
— Hu anovi qiyshiq o‘sgan yulg‘unni ko‘ryapsizmi? — shivirladi u. — O‘shandan sal yuqorida.
S. Anorboyev, Oqsoy
Paranjini qiyshiq yopinib, kampir kirib keldi.
Oybek, Tanlangan asarlar
Past, baland va qiyshiq uylar orasida reja bilan solingan chiroyli oq imoratlar uchrar edi.
A. Qahhor, Kartina
2. 2. Yo‘nalishi biror tomonga yoki har ikki tomonga burilgan; egri, qing‘ir.
Tor, qiyshiq ko‘chalar adashib qolib, Ilondek o‘rmalar parishon tunda.
X. Davron, Tungi bog‘lar
Yangi modelning sifati buzildi: birining choki qiyshiq, ikkinchisining dastagi past.
Mushtum
Qo‘liga qiyshiq kaltak ushlagan qalandar oxirat kunidan va’z aytardi.
S. Siyoyev, Avaz
3. 3. Joylashish, turish holati to‘g‘ri, me’yoriy emas.
Basharang qiyshiq bo‘lsa, oynadan o‘pkalama.
Maqol.
Og‘zi qiyshiq bo‘lsa ham, boyning o‘g‘li gapirsin.
Maqol.
Sersoqol, to‘la yuzli, bir ko‘zi qiyshiq kishi muloyim tovush bilan dedi
Oybek, Quyosh qoraymas
Sen biron ko‘ylakning yoqasini qiyshiq qadab qo‘ysang javobgar bo‘lamiz.
A. Qahhor, Asarlar
4. ko‘chma kam qo‘ll. ll. Haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan; noto‘g‘ri, xato.
Murzin Elmurodning adolatli ogohlantirishidan qiyshiq xulosa chiqara boshladi.
Shuhrat, Shinelli yillar