1. To‘g‘ri chiziq bo‘ylab yo‘nalmagan; egri, qiyshiq.
Qing‘ir yog‘och. Qing‘ir devor. Xatni qing‘ir yozmoq.◆Fuqaro uylari cho‘zilgan qing‘ir ko‘chaning boshida arava sig‘adigan katta, bo‘yoqli darvozaga kirishdi.
Oybek, Navoiy.
2. Qalloblikka, xiyonatga asoslangan; qalb.
Qing‘ir maqsad. Qing‘ir qadam. Qing‘ir harakat. Qing‘ir yurak odam. Qing‘ir ishning qirq yildan keyin ham qiyig‘i chiqadi.
Maqol.
3. Yomon ko‘z bilan qaramoq; noto‘g‘ri munosabatda bo‘lmoq, yondashmoq. Qing‘ir qaramoq
4. Qo‘li egriTafsilotlar egri so‘zi izohida keltirilgan. Qing‘ir qo‘l yoki qo‘li qing‘ir
Olmoq bo‘lib magazindan shokolad picha Qo‘li qing‘ir sotuvchiga duch keldik kecha.
T. Rajabiy, Narxi papkada.
5. Qing‘irlikka olmoqTafsilotlar qing‘irlik so‘zi izohida keltirilgan. Qing‘irga olmoq.
Musaning gapi tugamasdan To‘lbosh qing‘iriga oldi-ketdi.
N. Fozilov, Oqim.