Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {qilmish}
So‘z bo‘g‘inlari: qil-mish
Izoh(lar)i:
qilmish ot

1. Qilingan ish, harakat, faoliyat. Har kim o‘z qilmishiga qarab topadi. Maqol
Tergovchi o‘z qilmishi bilan faxrlanganday, hammaga bir-bir qaradi. A. Qahhor, Sarob
Uning xafa bo‘lganini avzoyidan, qilmishidan bilib bo‘lmaydi Gazetadan

2. Nojo‘ya ish, harakat, qilg‘ilik. O‘z qilmishiga iqror bo‘lmoq. ▬ Tog‘amning qilmishidan nomuslarga o‘ladi kishi. A. Qahhor, Yangi yer
Adolatli hukm chiqarish, gunoh-korlarni qilmishiga yarasha to‘g‘ri jazolash oson ish emas. Gazetadan

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: kirdikor [f-t]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.