Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {kirdikor}
So‘z bo‘g‘inlari: kir-di-kor
Izoh(lar)i:
kirdikor ot

1. Umuman, qilingan ishlar, xatti-harakatlar; odatda ma’lum shaxs yoki shaxslarga oid noma’qul ish, xatti-harakatlar; qilmish. Oyimxon Tojiboyning hamma kirdikorini bilar, bularni jamoat ham bilib qo‘yishini istar edi. P. Tursun, O‘qituvchi
Uning [Umrining] kirdikorini men bilaman, undan men jirkanaman deb yursam, butun qishloq bilar ekan, butun qishloq jirkanar ekan. A. Qahhor, Xotinlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: qilmish
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.