Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {qarshi}
So‘z bo‘g‘inlari: qar-shi
Izoh(lar)i:
qarshi

1. Tarafdor bo‘lmagan, tarafdor emas, ma’qul deb bilmaydigan, zid fikrdagi. Ikkinchi uylanishga Otabek butunlay qarshi bo‘lib, faqat bu qudalarning-gina ishlaridir. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar.

2. Xilof, ziddiga ish tutuvchi; muxolif yoki dushman. Qarshi tomonlar. Qarshi kuchlar.◆Ustoz Qavom shunday mo‘tabar zotning farzandi saltanatga qarshi bo‘lgani, nobakor chiqqaniga afsuslanadi. Mirmuhsin, Me’mor.

3. Boshqasini inkor etadigan, uning ziddi bo‘lgan. Bir-biriga qarshi fikrlar. Qonunga qarshi xatti-harakatlar.◆Bo‘taboy akamga qarshi gapirsam ham mayligami? A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari.

4. Ro‘baro‘ joylashgan yoki yo‘nalgan; qarama-qarshi, ro‘baro‘. Qarshi oqim. Qarshi shamol. Ko‘chaning qarshi tomoni. Qarshida turgan odam. Qarshidagi bog‘.◆Oyqiz qarshi tomondan kelgan shamol-to‘polonni yorib, hamon oldinga intilardi. Sh. Rashidov, Bo‘rondan kuchli.

5. (j.k. bilan — -ga qarshi) ko‘m. vzf.

6. 1) zidlik (zidlash) munosabatini bildiradi; zid (xilof) holda. Uning ovozi istagiga qarshi baland jaranglamadi. Oybek, Tanlangan asarlar.

7. 2) o‘zi birikib kelgan so‘z anglatgan narsani daf etish, yo‘q qilish, oldini olish va sh.k. ga qaratilganlik ma’nosini bildiradi. Ichkilikbozlikka qarshi kurash. Hasharotlarga qarshi dori sepmoq.◆Kasalning oldini olish choralaridan eng muhimi vaqtida tepkiga qarshi emlatishdir. Saodat.

8. ko‘m. vzf. esk. ayn.(3-sh. ega/shk va o‘.-p. k. shaklida, b.k. bilan — qarshisida) oldidaTafsilotlar old so‘zi izohida keltirilgan. Shuning uchun kutmagan hol qarshisida bir oz dovdirab qoldi. Oybek, Tanlangan asarlar.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: aks [a]

1. qarshi I Sifat
tarafdor bo‘lmagan, muxolif

2. qarshi II Ot
shahar nomi

Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. qarshi oldi: kutib oldi

1. Qarama-qarshilik – zidlik – nizo – kelishmovchilik – ixtilof – nifoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
( belgini kuchli-kuchsiz darajada ifodalashiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.