1. Alohida ehtiyotkorlik talab qiladigan, nozik.
Qaltis savol.◆[Ravshan polvon] Masala juda qaltis ekanini Jamolovdan ham yaxshiroq tushunib qoldi.
O. Yoqubov, Larza.
1. ayn.Shikastlanmoq.
O‘shanda oyog‘i qaltis yegan, lekin tabiblar uni chiqqan deb qayta-qayta shiqirlatib sola berganlaridan, bir oyog‘i kalta bo‘lib qolgan.
Oydin, Hikoyalar.
2. Xavf-xatar bilan bog‘liq bo‘lgan, oqibati yomon bo‘lish ehtimoli bor, xatarli.
Qaltis qadam. Qaltis tajriba. Qaltis hazil. Qaltis hunar. Qaltis siyosat.◆[Mayna] Bu xatarli, qaltis safardan aslo cho‘chimasdi.
Sh. Toshmatov, Erk qushi.
3. O‘ylamay, bilmay, ixtiyorsiz qilingan; noqulay.
Tergovchi gapni qaltis boshlab qo‘yganidan pushaymon bo‘ldi. I. Qalandarov, Shoxidamas, bargida.◆Qaltis yiqilib, biron joyi mayib bo‘lgan kishi buning og‘rig‘ini o‘sha tobda emas, keyin bilganidek, Sidiqjon bu mojaroning butun dahshatini keyin bildi.
A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari.