1. 1. Oldi-sotdi yoki to‘lov muomalalarida narx, baho, qiymat o‘lchovi bo‘lgan metall yoki qog‘oz belgi; aqcha.
Qog‘oz pul. Tanga pul. Naqd pul. Pul maydalamoq. Pul bo‘lsa, changalda sho‘rva.
Maqol
Puli kuygan qalampir chaynar.
Maqol
Sidiqjon kechki payt ko‘chaga chiqmoqchi bo‘lgan edi, Anzirat xola, uning puli yo‘qligini bilganday, soch oldirgani pul berdi.
A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
Yo‘lkiraga pulimiz, piyoda qaytishga ilojimiz bo‘lmaganidan qolib ketdik.
M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
[Sanavbar Xayrinisoga:] Sizga ham gapiraman, pul uchun imoni va qizini sotadigan otamga ham gapiraveraman. Hamza,
Tuhmatchilar jazosi
2. 2. Sarmoya, mablag‘.
Qurilishga pul ajratmoq.
▬
Pul-chi? Pul ham tug‘adi. Juda ko‘p tug‘adi, tez tug‘adi, ayniqsa, bu zamonda pul sertuxum bo‘lib ketgan.
Oybek, Tanlangan asarlar
Nuqul pul va foyda ketidan quvsak-da, ammo odamlarimiz ruhan qashshoq bo‘lib qolishsa, bunday jamiyatning hech kimga keragi yo‘q.
Gazetadan
3. s. t. t. Ish haqi; maosh.
Qorovul puli. Bugun pul oladigan kunimiz.
4. esk. sk. Ba’zi yerlarda yarim tiyinga, ba’zi yerlarda bir tiyinga teng bo‘lgan pul o‘lchov birligi va shu qiymatdagi mayda pulning o‘zi.
Narx bilib kelgan bolaga yigirma pul berib, orqasi kuymaganini olish sharti bilan nonga yubordi.
A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
Yiqitgan bolalarga ikki puldan sovrin berib tomosha qilib yotgan ikki boyning biri shu — Niyozmat hoji bo‘lib, hajdan yangi kelgan yillari edi.
A. Qahhor, Sarob
5. 5. Afg‘onistonning asosiy pul birligi — afg‘oniyning yuzdan bir ulushiga teng mayda pul, tanga.
6. esk. kt. ayn. Ko‘prik.